Brendan Rojers: "Liverpul" Chempionlar ligasi uchun oxirigacha kurashadi"

Aslanov Jasurbek
6 apr 2015, 16:41
"Liverpul" bosh murabbiy Brendan Rojers "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:4) so'ng, uning jamoasi deyarli Chempionlar ligasi yo'llanmasidan mahrum bo'lgani haqida ta'kidladi.

"Ko'pchilik futbolchilar Chempionlar ligasida o'ynashni istaydi. Ular yuqori darajada o'ynashni xohlaydi va klubingiz bu turnirda ishtirok etmasa, futbolchilar bilan shartnoma imzolash qiyinlashadi. Joriy mavsumda bu ishni uddalash juda qiyin. Agar "Arsenal"ni mag'lub etganimizda, imkoniyatlarimiz yuqoriroq bo'lar edi. Ammo biz kurashni davom ettiramiz. Biz muxlislar uchun barcha o'yinlarda g'alaba qozonishga intilamiz" - deydi Brendan Rojers.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru