Brendan Rojers "Liverpul" bilan 4 yillik shartnoma tuzadi
Tolibjon Qosimov
7 may 2014, 12:49
The Guardian nashrining xabariga ko'ra, "Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers yaqin orada klub bilan 4 yillik shartnoma tuzadi.
Tomonlar yangi kelishuvning asosiy bandlarini hal qilib olishdi, faqat mayda detallar qoldi. Agar bu shartnoma tuzilsa Rojers "qizillar" bilan 2018 yilga qadar qoladi.