"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers "Suonsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin biz uchun ajoyib o'tdi. Bugungi natija o'zimizga kelib olishda juda muhim hisoblanadi. Dastlabki ikkita gol maydondagi ustunligimiz natijasida kiritildi", - deya Rojersning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.