Brendan Rojers: “Manchini bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman”

Aslanov Jasurbek
12 dek 2017, 01:56
“Seltik” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichiga tashlangan qur'aga munosabat bildirdi.

Shotlandiya chempionlari ushbu bosqichda Rossiyaning “Zenit” klubiga qarshi maydonga tushishadi.

“Futbol muxlislarini ajoyib to'qnashuv kutib turibdi. Roberto Manchini bilan qayta ko'rishishni sabrsizlik bilan kutyapman”, – dedi Rojers.

Ma'lumot uchun, 2009 yili Rojers o'sha paytda “Manchester Siti” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Manchiniga yordamchi etib tayinlanishga oz qolgandi. Keyinchalik Brendon “Suonsi” va “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida italiyalik mutaxassis bilan to'qnash kelgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif