Brendan Rojers: “Lester” o'z o'rnini yaxshi biladi”

27 dek 2019, 08:40
Rojers “Liverpul”dan qabul qilingan (0:4) mag'lubiyatga izoh berib o'tdi.

“Birinchi bo'limda bizga sabr yetishmadi. To'p bilan deyarli muomala qilmadik. Ammo o'yinchilar baribir borlarini berishdi. Bu biz uchun yaxshigina dars bo'ldi. “Liverpul”ga minnatdorchilik bildiramiz. Endigina yarim yo'l bosib o'tildi. O'yinchilar qoyilmaqom edi, bugungi bahsni esa darsdek qabul qilish kerak. Bizni “Liverpul”ga qarshi chempionlik poygasiga qo'yishmoqchi bo'lishdi, biroq o'z o'rnimizni yaxshi bilamiz”, - deydi Rojers.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport