Bremer "Yuventus"ga o'tmoqda

Alisher
20 iyul 2022
Gleyson Bremerning keyingi jamoasi "Yuventus" bo'ladi.

"Keksa sinora" bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi. U bugun yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng "Yuve" transfer haqida rasman e'lon qiladi.

25 yoshli futbolchining o'tishi uchun "Yuventus" "Torino"ga 40+7 million evro to'laydi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc