Breaking: TOP-5 ligalaridan biri mavsumni tiklashga tayyorligini ma'lum qildi

Eldor Akmurzayev
23 apr 2020, 20:05
Bundesliga koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan mavsumning qolgan qismini davom ettirishga tayyorligini tashkilot rasmiy sayti orqali ma'lum qildi.

Mayda Germaniyaning ikki yuqori divizioni (Bundesliga 1, 2) uchrashuvlari tomoshabinlarsiz o'tish ehtimoli mavjud. Qayd etilishicha, ushbu qarorni Bundesliga emas, balki nemis siyosatchilari qabul qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Bundesliga mavsumni tiklashga qaratilgan tibbiy koncepciyani ishlab chiqdi, unga qattiq gigiena qoidalari, koronavirusga testlar va futbolchilarning holatini kuzatib borish kiradi.

Bahslarga tashrif buyuruvchilarning soniga cheklov joriy etiladi: tribunadagilar 213 kishidan oshmasligi kerak (stadion ichki qismida 100 va o'rindiqlarda 113)

Boshqaruv kengashi Germaniyaning 3-divizioni hamda ayollar Bundesligasiga 7,5 million evro ajratishga qaror qilgan.

Avvalroq, Germaniya chempionati 9 may kuni tiklanishi mumkinligi haqda xabar qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: dfl.de