Breaking! "Manchester Yunayted" Mateus Kunya bilan shartnoma imzolashga yaqin!

Sherzod Nurmatov
19 may 2025, 14:45
Braziliyalik bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuv yakunlanmoqda.

Barcha manfaatdor tomonlar o'rtasida yakuniy tafsilotlarni hal qilish qoldi, deb xabar berdi Fabricio Romano.

Bu qarorga asosiy sabab Kunyaning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan ishlash istagi bo'lgan. Hujumchi yakuniy qarorini Yevropa Ligasi finali oldidan qabul qildi.

25 yoshli Kunya Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida "Vulverxempton" safida 31 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano