Breaking! Klopp "Liverpul"ni tark etishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2024, 15:47
Yurgen Klopp mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etadi.

56 yoshli mutaxassis bu haqda "Liverpul"ning ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Germaniyalik bosh murabbiyi 2015 yilda "Liverpul"ga kelib qo'shilgan va Mersisayd klubi bilan Premer-liga, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo'lga kiritgan.

Ma'lumot uchun, "Liverpul" ayni paytda APL musobaqa jadvalida 48 ochko bilan 1-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic