Breaking! "Arsenal" – "Liverpul" o'yini o'z vaqtida bo'lib o'tmasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2022, 20:34
Liga kubogi yarim final uchrashuvi qoldirilish arafasida.

"Arsenal" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Angliya liga kubogi yarim final o'yini mersisaydlarda koronavirus yuqtirib olganlar soni ko'payib ketgani tufayli qoldirilishi mumkin, deya xabar berdi The Athletic.

Bugun "Liverpul"ning bir nechta a'zosi koronavirusga musbat test topshirishdi, shu bois jamoaning kechki mashg'ulotlari qoldirildi.

Oldinroq Yurgen Klopp va jamoaning 3 nafar xodimida koronavirus aniqlangandi. 

"Arsenal" – "Liverpul" bahsi 6 yanvarga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic