Braziliyada "Qirol Pele" kunini belgilovchi qonun loyihasi maqullandi

Оқил Абдубарноев
21 dek 2023, 23:43
Braziliya deputatlar palatasi har yili 19 noyabrda nishonlanadigan “Qirol Pele kuni”ni belgilashni taklif qiluvchi qonun loyihasini maqulladi.

Eslatib o'tamiz, 1969 yilning aynan shu kuni mashhur futbolchi faoliyatidagi minginchi golini urdi.

Pele 2022 yilning 29 dekabr kuni og'ir va uzoq davom etgan xastalikdan so'ng 82 yoshida vafot etdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: cbf.com.br