Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi 22 iyulga qadar ma'lum bo'ladi
Tolibjon Qosimov
18 iyul 2014, 12:43
Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti (CBF) Joze Mariya Marin "pentakampeonlar"ning yangi bosh murabbiyi nomi yaqin kunlar ichida ma'lum bo'lishini aytib o'tdi.
- Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini 22 iyulga qadar e'lon qilamiz. Hafta oxirida bizni jiddiy suhbat kutmoqda, - deydi Marin O Globo nashriga.