Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fred faoliyatini yakunlaydi

Alisher
25 may 2022, 14:25
"Fluminense" hujumchi Fred yozda faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

38 yoshli braziliyalik futbolchida ko'zi bilan bog'liq muammolar bor, shu sabab u faoliyatini yakunlamoqchi. Ammo, klub rahbariyati buni klubning tug'ilgan kunigacha qoldirishni so'radi. "Fluminense" 21 iyulda 120 yoshni qarshi oladi.

Oldinroq, Fred "Amerika Mineyro", "Kruzeyro", "Atletiko Mineyro" va "Lion"da o'ynagan.

Forvard Braziliya terma jamoasi libosida 39ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urishga erishgan. U jamoa bilan birga 2013 yilda Konfederatsiyalar kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fluminense.com.br