Braziliya 40 yilda ilk marta bu natijani qayd etdi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2018
Braziliya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichining ilk uchrashuvida Shveytsariya bilan durang qayd etdi (1:1).

Shunday qilib, jamoa 1978 yildan beri birinchi marta jahon chempionatlari start o'yinida g'alaba qozona olmadi. JCH-1978da ular Shvetsiya bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgan edi.

Braziliya terma jamoasi guruhdagi keyingi bahslarini Kosta-Rika va Serbiyaga qarshi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com