Braziliya 2023 yilning yanvarida yangi murabbiy tayinlashini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2022, 18:56
Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi 2023 yilning yanvarida e'lon qilinadi.

Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) xabar berdi.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, CBF rahbari Ednaldo Rodriges mustaqil ravishda yangi murabbiy qidirmoqda. Konfederatsiya prezidenti hech kimga tashkilot nomidan yangi murabbiy izlashga ruxsat bermagan.

Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi 2023 yilning yanvarida ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelgan Tite terma JCH-2022dagi yurishini 1/4 final bosqichida to'xtatganidan keyin bosh murabbbiy lavozimini tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cbf.com