"Brayton" jamoa sardori bilan shartnomani uzaytirdi
21 avg 2020, 21:42
"Brayton" matbuot xizmati jamoa sardori Lyuis Dank bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
Futbolchi bilan tuzilgan yangi hamkorlik bitimi 2025 yilga qadar amal qiladi. Avvalroq Dank faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi to'g'risda mish-mishlar tarqalgandi.