Branko Ivankovich Iroq termasini boshqarishi mumkin

Xayrulla Xoliqov
2 iyul 2018
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok etadigan Iroq terma jamoasi o'ziga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Yaqinda iroqliklar "Persepolis" ustozi Branko Ivankovichga taklif bilan chiqishdi, biroq hozircha xorvatiyalik murabbiy aniq javob bergani yo'q. Ivankovich Eronda ancha mashhur murabbiy hisoblanadi hamda uning oladigan maoshi katta.

Ivankovich 2006 yilgi jahon chempionatida Eron terma jamoasiga ustozlik qilgandi. Qolaversa, u murabbiylik faoliyati davomida "Gannover", "Dinamo" (Zagreb), "Shandong Luneng" klublarida ham ishlagan. Agar muzokaralar ijobiy yakun topsa Ivankovich Osiyo Kubogida Iroq termasiga murabbiylik qiladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com