Brayan Ovedoning oyog'i singan bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014, 10:55
Evertonning kosta-rikalik futbolchisi Brayan Ovedo JCH-2014ni jarohat tufayli o'tkazib yuborishi mumkin.
U kecha Angliya kubogi doirasidagi Stiveneydjga qarshi o'yinning (4:0) 16-daqiqasida oyog'ini qattiq shikastlab oldi. Ovedoning oyog'i singan bo'lishi mumkin.

Futbolchi APLning bu mavsumida 9ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru