Braim "Real" haqida: "Dunyoning eng yaxshi klubida o'ynashdan baxtliman"

Alisher
17 mar 2024
Braim Dias "Real"da baxtli.

Madridliklar xavbeki u g'alaba golini kiritgan "Osasuna" (4:2)ga qarshi La Liga o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu "Real". Bizda ko'p o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya bor va bu ajoyib natija. Sendan "Real" aynan shuni talab qiladi va biz bu erga barchasini yutishga kelganimizni ko'rsatamiz.

Ajoyib o'yin o'tkazdik. Men jamoaning o'zini o'yinga berishini qayd etgan bo'lardim, bunday maydonda o'ynash qiyin.

Dunyoning eng yaxshi klubida o'ynashdan juda baxtliman. Bu yerda mas'uliyatli bo'lish, maydonda bor kuchini berish kerak va men shularni qilyapman", – dedi Braim Dias.


AlisherMuallif
Manba: Madrid Universal