Boyan Ciger "Navbahor" bilan xayrlashdi. Uning keyingi manzili Malayziya bo'ladi

Administrator
31 dek 2022, 02:05
Futbolchining yangi manzili haqida bir necha kun oldin xabar bergandik.

O'tgan mavsum "Navbahor" markaziy himoyasida ajoyib o'yin ko'rsatgan Boyan Ciger "Navbahor" klubini tark etdi. 

"Navbahor"dagi barcha futbolchilarga va xodimlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi doimo xotiramda va qalbimda qoladi. Rahmat va omad!", -deydi Boyan Ciger.

"Navbahor" klubining ma'lum qilishicha, Cigerning keyingi manzili Malayziya bo'ladi.  

Bundan bir necha kun oldin, saytimizning "Eshitdik-da!" rukni orqali Cigerning Malayziyaga ketishi haqida xabar bergandik.

Eslatib o'tamiz, Ciger Namangan klubi tarkibiga 2021 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. U "Navbahor" uchun 44ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'ygan.

Eshitdik-da! Ciger Malayziyaga ketish arafasida

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати