"Borussiya"ni boshqarishi kutilayotgan murabbiy o'z jamoasidan iste'foga chiqdi

Mirjalol Normatov
20 may 2018, 12:10
Lyusen Favr "Nicca" bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda klub matbuoti xabar bermoqda.

60 yoshli mutaxassis klub rahbariyati bilan kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qildi. Endi shveytsariyalik mutaxassis Dortmundning "Borussiya"sini boshqaradi.

O'tgan mavsumda uning qo'l ostidagi "Nicca" Fransiya chempionatida 8-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru