"Borussiya" Zagadu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi

Alisher
12 fev 2022, 18:47
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachi Dan-Aksel Zagadu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi.

Nemis klubi rahbariyati fransiyalik xavbekni jamoada saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma taklif qildi. Futbolchining "arilar" bilan amaldagi shartnomasi iyunda yakuniga etadi.

"Dan-Akselning jarohatlar bilan omadi kelmaydi. Ammo, biz uning qolishini xohlaymiz va u biz ko'rayotgan salohiyatni maydonda ko'rsatadi", - deydi klub sport direktori Mikael Cork.

22 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Germany