"Borussiya" Yaponiya klubini mag'lub etdi, 19 yoshli futbolchi dubl qayd etdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2017, 18:19
Yevropa jamoalari 2017-2018 yilgi mavsumga tayyorgarlikni olib borishmoqda.

Dordmundning "Borussiya" klubi biroz avval nihoyasiga etgan o'rtoqlik o'yinida Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi. Quvonarlisi, dordmundliklar tarkibida jarohat sabab fevral oyidan beri o'ynamayotgan Mario Getce zaxiradan maydonga tushdi. "Borussiya" tarkibida 9 kundan keyin 20 yoshga to'ladigan Emre Mor dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir gol Andre Shyurrle hisobiga yozildi.

O'rtoqlik uchrashuvi
15.07.2017

"Urava Red Daymonds" - "Arsenal" 2:3
Gollar:
Shinzo Koroki - E.Mor 76, 80, A.Shyurrle 89

"Borussiya": Vaydenfeller, Pishchek (Passlak, 66), Bartra (Subotich, 46), Toprak (Sokratis, 46), Shmelcer, Shaxin (Getce, 59), Kastro, Rode (Zagadu, 46), Pulishich (Shyurrle, 46), Obameyang (Isak, 46), Dembele (Mor, 46).


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Squawka