"Borussiya" Usmon Dembele borasida rasmiy bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 13:44
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchi Usmon Dembele navbatdagi bayonotgacha mashg'ulotlardan chetlashtirilganini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, 10 avgust kuni "Borussiya" sababsiz mashg'ulotga kelmagan Dembeleni chetlatgan edi.

Oldinroq, 20 yoshli fransiyalik "Borussiya"dan uni "Barselona"ga sotishni so'ragan, biroq dortmundliklar Kataloniya klubi taklifini rad etishdi.

Dembele kecha bo'lib o'tgan Germaniya Kubogi uchrashuvida ham maydonga tushmadi va hozir jamoadan alohida shug'ullanishi mumkin.

"Hozir bor e'tiborimiz "Volfsburg"ga qarshi bo'ladigan Bundesliga bahsiga qaratilgan. Usmon Dembeleda guruhdan alohida shug'ullanish imkoniyati bor" - deydi "Borussiya" sport direktori Mixael Cork.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com