"Borussiya" Roysning maoshini oshirgan holda shartnomani uzaytirishga tayyor

Tolibjon Qosimov
9 mar 2017, 21:08
"Borussiya" (Dordmund) rahbariyati va murabbiylar shtabi yarim himoyachi Marko Roysni jamoada saqlab qolmoqchi.
27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Roys yiliga 8 million evro maosh oladi va ayni paytda klubning eng ko'p haq oladigan o'yinchisi hisoblanadi. "Borussiya" Roysning maoshini oshirgan holda shartnomani uzaytirishga tayyor.

Bu mavsum Roys jarohatlar sabab Bundesligada bor yo'g'i 11ta o'yin o'tkazdi. Ularda 2ta gol urib, 4ta golli pas oshirdi. U aprelning boshida safga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild