Borussiya Obameyangni kamida 60 million evroga sotmoqchi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2015, 07:34
Dortmundning Borussiya klubi rahbariyati Per-Emerik Obameyangning transfer narxini e'lon qildi.

Qaysi klub futbolchini sotib olmoqchi bo'lsa Borussiyaga 60 million evro to'lab qo'yishi kerak.

So'nggi o'yinlarda uni Barselona skautlari kuzatishdi. Oldinroq 26 yoshli gabonlik futbolchiga Arsenal va PSJ kabi klublar qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de