"Borussiya" Madridda mashg'ulot o'tkazmoqchi emas. Buni "Real" sobiq futbolchisi xohlamoqda

Narzulla Saydullayev
21 okt 2024, 18:53
Dortmundning "Borussiya" klubi YCHL doirasidagi "Real"ga qarshi bahsdan oldin Madridda mashg'ulot o'tkazmoqchi emas.

Germaniya klubi bosh murabbiyi Nuri Shaxin jamoa mashg'ulotlari mezbon jamoa kuzatuvi ostida bo'lishidan xavfsiramoqda.

"Borussiya" Germaniyadagi o'z bazasida mashg'ulot o'tkazadi va shundan keyingina Madridga yo'l oladi.

 Ma'lumot uchun, Shaxin o'z vaqtida "Real" safida faoliyat olib borgan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de