“Borussiya” himoyachisi “Sent Eten”ga o'tdi

25 yanv 2018, 23:32
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Neven Subotich “Sent- Eten” a'zosiga aylandi.

Francuz klubi serbiyalik futbolchi bilan 2019 yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Subotich “Borussiya” safida 10 yil to'p tepdi. U dortmundliklar safiga 2008 yilda kelib qo'shilgandi. “Borussiya” safida ikki bor Germaniya chempionligi va ikki marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Joriy mavsumda u Bundesligada 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

“Borussiya” futbolchini tekinga boshqa klubga o'tishiga rozi bo'ldi. Shartnoma futbolchining iltimosiga binoan bekor qilindi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Сент-Этьен" расмий сайти