"Borussiya Dortmund" mavsum oxirida Roys ketishini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2024, 19:54
Dortmundning "Borussiya" klubi mavsum yakunlangach, jamoa sardori Marko Roys ketishini e'lon qildi.

Tomonlar yozda yakuniga etadigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishgan.

Dortmund tarbiyalanuvchisi hisoblangan Roys klub sharafini 2012 yildan buyon himoya qiladi. Undan avval u "arilar" yoshlar jamoasi safida harakat qilgan. Umumiy hisobda yarim himoyachi klub libosida 424 o'yinda maydonga tushib, 168 ta gol urgan va 128 ta golli uzatma etkazib bergan.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bvb.de