"Borussiya D" xavbeki jamoadan ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024
Futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jovanni Reyna jamoani tark etish istagida. Bu haqda ESPN o'z manbalariga tayanib xabar berdi.

Futbolchining agenti Angliya, Ispaniya va Fransiyaning ko'plab jamoalariga o'z xizmatlarini taklif qilgan. Ustuvor variant – La Liga. "Asalarilar" amerikalik futbolchini 15 million evroga sotishga tayyor.

Reyna ko'proq o'yin vaqtini olish uchun ham ijara, ham to'liq transferni ko'rib chiqishga tayyor. 21 yoshli xavbek joriy mavsum Bundesligada bor-yo'g'i 9 ta o'yinda qatnashdi va har bir o'yin o'rtacha 25 daqiqani maydonda o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN