Borussiya D - Real. Uchrashuvni Klattenburg boshqaradi
Narzulla Saydullayev
26 sen 2016, 06:41
YCHL 2-turidan o'rin olgan Real va Dortmundning Borussiya klublari o'rtasidagi o'yinni angliyalik hakamlar boshqarib borishadi.
UEFA bu bahsga Mark Klattenburgni tayinladi. U 7 marta Madrid klubi ishtirokidagi evrokubok o'yinlarida ishlagan. Mana shu uchrashuvlarning hammasida Qirollik klubi g'olib chiqqan.