“Borussiya D” Jeydon Sanchoga narx belgiladi

6 mar 2020, 08:48
Dortmund klubi yozgi transferlar vaqtida Sanchoni sotadi.

Qayd etilishicha, nemis klubi Jeydon Sancho bilan 140 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor. Shuningdek, bu summa agar Evro-2020 bahslarida muvaffaqiyatli harakat qiladigan bo'lsa o'z-o'zidan yanada oshishi mumkin.

Futbolchiga asosiy da'vogar sifatida esa “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” qaralmoqda. Biroq Sanchoning o'zi “Siti”ga qaytish niyatida emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild.de