“Borussiya D” 9 yil ichida ilk bor ketma-ket uchta o'yinda o'z darvozasidan 3 ta gol o'tkazib yubordi

14 fev 2019, 09:00
“Tottenxem” kecha YCHL 1/8 finali dastlabki bahsida “Borussiya D” darvozasiga javobsiz uchta gol urib yutdi.

Dortmund klubi 9 yil ichida ilk marta ketma-ket uchta o'yinda 3 tada gol o'tkazib yubordi. So'nggi bor jamoa 2010 yil yanvar-fevral oylarida uchta o'yinda 3 tadan gol o'tkazgandi. Unda jamoani Yurgen Klopp boshqarardi.

Lyusen Favr boshchlik qilayotgan “Borussiya D” esa “Verder”, “Xoffenxaym”ga qarshi bahslarda ham o'z darvozasidan uchtadan gol olib chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta