"Borussiya" bosh murabbiysiz qolishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Peter Bosh uydagi ikki uchrashuvdan so'ng iste'foga chiqarilishi mumkin.

Dortmundliklar ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vacke va klub sport direktori Mixael Cork Boshga "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvida va "Shalke-04"ga qarshi bahsda imkoniyat berildi.

"Borussiya" milliy chempionatda so'nggi besh uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Jamoa bugungi kunda 20 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

Chempionlar ligasida Bosh shogirdlari to'rt turdan so'ng ikki ochko bilan guruhda 3-o'rinda kyetishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild