"Borussiya" "Barselona" hujumchisini sotib oladi

Mirjalol Normatov
21 okt 2018, 21:37
Ayni damda "Borussiya" sharafini himoya qilayotgan, transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo'lgan Pako Alkaserning kelajagi borasidagi ma'lumotga oydinlik kiritildi.

"Barselona" bosh direktori Oskar Grau bu borada shunday dedi: "Borussiya"dagilar futbolchini sotib olish huquqidan foydalanishini ma'lum qilishdi. Dortmund jamoasi shartnomada ko'rsatilgan mablag'ni to'lab, Pakoni o'ziga jalb qiladi".

Bu mavsumda Alkaser "Borussiya" tarkibida 5 o'yinda 8 gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal