"Bornmut" 37 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2026, 23:47
"Bornmut" darvozabon Freyzer Forster bilan shartnoma imzoladi.

Klub 37 yoshli kiper bilan erkin agent sifatida yarim yillik kelishuvga erishdi.

Forster bunga qadar "Tottenxem", "Seltik", "Sautgempton" kabi jamoalarda o'ynagan. Faoliyati davomida u 4 marta Shotlandiya chempionligini, shuningdek, o'tgan yili Yevropa ligasi sovrinini qo'lga kiritgan.

Forster o'tgan mavsumda APLning 7 o'yinida qatnashib, 15 gol o'tkazib yubordi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: afcb.co.uk