Bordo Arsenaldan Sanogoni ijaraga olmoqchi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2014, 17:55
Bordo Londonning Arsenal klubi hujumchisi Yaya Sanogoni ijaraga olishni istamoqda.
L’Equipe nashrining xabariga ko'ra, Villi Sanol boshqaruvidagi jamoa 21 yoshli hujumchini Bordo vakili Sheyk Diabateni o'rnini o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Diabate 2015 yil yanvarida Afrika kubogida ishtirok etadi.

Fransiya klubi Sanogoni faqat ijaraga olishni mo'ljallamoqda. Keyinchalik sotib olish haqida gap borayotgani yo'q.

Oldinroq Sanogoga Loryan, Sent-Eten va Kristal Pelas kabi klublardan qiziqish bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru