Bonuchchi "Yuve"ga kerak emas. Pirlo uni o'z jamoasiga taklif qilmoqchi

Administrator
9 iyul 2023, 22:43
Turin klubi futbolchi bilan xayrlashmoqchi.

"Yuventus" klubi 36 yoshli himoyachi Leonardo Bonuchchini yangi mavsum rejalariga kiritmayapti. Klub futbolchidan qutilmoqchi va bunga sabab qilib Bonuchchining yuqori maoshi ko'rsatilmoqda.

Leonardo Bonuchchining xizmatlariga Andre Pirlo boshqaruvidagi "Sampdoriya" qiziqish bildirmoqda. Klub yangi mavsumda o'z oldiga A Seriyaga qaytish vazifasini qo'ygan va bunda ko'maklashadigan tajribali futbolchilarga ehtiyoj sezmoqda.

Ma'lumot uchun, Leonardo Bonuchchi 12 yil davomida "Yuventus" sharafini himoya qilib keldi. 2017-2018 yilgi mavsumni Leonardo Bonuchchi "Milan"da o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Corriere dello Sport