

"Gvardiola bilan ishlamoqchi edim. Men 5 yil oldin "Siti"ga o'tishga yaqin edim. Biz deyarli kelishuvga erishgandik, ammo "Yuve" meni sotishni rad etgandi.
O'tgan yil biz bu borada yana gaplashdik, ammo men ketishni xohlamadim. "Yuventus" - mening uyim, bu yerda baxtliman", - deydi 34 yoshli italiyalik.
Leonardoning "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan. Himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.



