Bonuchchi A Seriyaga qaytyapti

Aslanov Jasurbek
24 dek 2023
Leonardo Bonuchchi A Seriyaga qaytishga yaqin turibdi.

36 yoshli himoyachini xarid qilish uchun "Roma" kurashmoqda. Klub sport direktori Tiagu Pintu va futbolchining agenti Alessandro Luchchi o'rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.

Tomonlar hozircha kelishib olishgani yo'q, biroq katta ehtimol bilan transfer amalga oshadi.

Ayni damda Bonuchchi Germaniyaning "Union" klubi sharafini himoya qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get Italian Football News