

Biz o'z safimizda chempionni ko'rishdan xursand bo'lamiz. Vallettadagilar bajarib bo'lmaydigan ishning o'zi yo'q deb o'ylaymiz, - deydi Slimen.
Valletta Boltni 13 dekabr kuniga qadar o'z safiga qo'shib olmoqchi. O'sha kuni Malta Superkubogi doirasida Balcanga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.
Sentyabr oyida Maltaning Valletta klubini Sanban Group arab kompaniyasi sotib olgandi. Klub oldiga YCHLga chiqish vazifasi qo'yilgan.
Kuni kecha Bolt professional futboldagi dastlabki gollarini urdi. U Avstraliyaning Sentral Kost Meriners safida o'rtoqlik uchrashuvida ikkita to'p kiritdi.




