Bolt: "Sulsher o'zgarsagina "Manchester Yunayted" sovrinlar yuta oladi"

Mirjalol Normatov
18 mar 2021, 23:17
8 karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher haqida gapirdi.

"Sulsher qo'l ostida "Manchester Yunayted" sovrinlar yuta oladi. Biroq! Murabbiy o'zgarishi kerak... U juda yoqimtoy. Bu mening yagona tarifim. U juda yaxshi yigit. Hatto jamoasi yomon o'yin ko'rsatsa ham yomon gaplar gapirmaydi. Bu uning muammosi.

Agarda Sulsher futbolchilarga bosim o'tkazib, ta’sir ko'rsata olsa, klubda uzoq yillar qoladi. Chunki uni muxlislar yaxshi ko'rishadi", - dedi Bolt.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal