Bolalar futboli bo'yicha Respublika musobaqalariga endi O'FA homiylik qiladi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2018, 15:09
Shu paytga qadar bolalar futboli bo'yicha har yili 5ta yosh toifasida Respublika musobaqasi o'tkazib kelingan bo'lib, ular yurtimizning turli burchaklarida tashkil qilingan.

Natijada hamma viloyat jamoasi ham kerakli manzilga moliyaviy imkoniyati tufayli yetib bora olmagan. Poytaxt esa transport tomonidan barchaga qulay.
 
Shu boisdan O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi taklifini ko'rib chiqdi va uni maqulladi. Unga ko'ra 2001-2005 yillar oralig'ida tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi Respublika musobaqasining barchasi poytaxtda bo'lib o'tadi.
 
O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari uchun selekciya ishlarini sifatli olib borish maqsadida, 2001 va 2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi jamoalarning poytaxtdagi barcha xarajatlari O'FA tomonidan qoplanadi. Bu bilan Assotsiatsiya musobaqada eng sara futbolchilarni ishtirok etishini taminlagan holda, eng yaxshi futbolchilarni saralab olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
 
Shu bilan birga, Respublika musobaqasida ishtirok etadigan barcha futbolchilar endi jiddiy nazoratdan o'tadilar. Agar biron futbolchining yoshi kichraytirilgani to'g'risidagi ma'lumot aniqlanadigan bo'lsa, shu ish bilan shug'ullangan murabbiy va mazkur ishni tepasida bo'lgan xodimlar haqida maxsus idoraga xabar beriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com