Bolalar futboli. Ananaviy "Odil Cup" geografiyasi oshmoqda

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2018, 17:44
Uchinchi yildirki, terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov Namangan viloyatida musobaqa o'tkazib kelayapti. Joriy musobaqa O'FA bilan hamkorlikda tashkil etildi.

2009 yilda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi bahslarda 16ta jamoa chempionlik yo'lida bahs olib boradilar. To'raqo'rg'ondagi kichik arenada bo'lib o'tayotgan musobaqaning ilk turi natijalari bilan tanishing.

"Biz, O'FA bilan bir jamoamiz! Shu kungacha viloyatimiz 40ga yaqin musobaqalarni o'tkazdi. Yil oxiriga qadar ularning soni 100ga etadi. Umid Ahmatdjanov tomonidan e'lon qilingan 1000ta musobaqa loyihasida o'z xissamizni qo'shayotganimizdan xursandmiz.
Ayniqsa "Oltin vodiy" dasturi asosida ishga tushgan, viloyat chempionati ko'taringki ruxda davom etayapti. Hozir viloyatimiz jamoalarida biron bo'sh kuni yo'q. Tinmay o'tkazilinayotgan musobaqalar bolalarni chiniqtirishi tabbiy", - deydi ochilish marosimida so'zga chiqqan Namangan viloyati futbol Assotsiatsiyasi 1-Vice-przidenti Bahrom Xolmirzaev .

"A" guruhi. 1-tur.
"Barkamol Avlod" - "Odil Junior" (Toshkent) 3:7
"Neftchi" - "Aziya" 10:0

"B" guruhi. 1-tur.
"Bunyodkor" - "Do'stlik" 7:1
"Kosonsoy" - "Odil Junior-10" (Namangan) 5:1

"S" guruhi. 1-tur.
"Navbahor" - "To'raqo'rg'on" 7-2
"Spartak" - "Qo'qon" 7-0

"D" guruhi. 1-tur.
"Farovon" - "Chust" +/-
"Navbahor-10" - "Kosonsoy" +/-

P.S: "Kosonsoy" va "Chust" jamoalari yoshi katta futbolchilar xizmatidan foydalanganligi uchun jamoaga texnik mag'lubiya yozildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com