Bokuda muxlislarimiz maydon egalarini mag'lub etishdi, navbat MTJga!

Nadirkhuja Yuldashev
19 avg 2014, 15:38
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasining muxlislar klubi a'zolari ayni paytda Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib turishibdi.
"Ilk marotaba xorij safariga chiqishim. Ochig'i uyga borgandan keyin do'stlarimga aytib berishga arzigulik juda ko'plab qiziqarli voqealarga guvoh bo'ldim. Geografiyadan o'qiganimiz, Kaspiy dengiziga sayohatni unutmasam kerak", - deydi yosh sayohatchi Shahboz.




"Brilliant qo'l" filmidagi mashhur epizod, "Chyort poberi" tasvirga olingan ko'cha


5 kundan buyon poytaxtning qadimiy shaharlarini kezib yurgan ishqibozlarimiz kuni kecha plyaj futbolida o'zlarini sinab ko'rdilar.

Unda muxlislarimiz sharafini quyidagi havaskorlar himoya qilishdi:

Darvozabon:
Abdurahmon Fozilov

Humoyachilar:
Orzuqulov Zokir
Rahimberdiev Rustambek
Rahimberdiev Otabek

Yarim himoya:
Ismoilov Shahboz
Rahmatjon Usmonov
Ahrorjon Yoqubov

Hujumchilar:
Muhammadvali Yoqubov
Xolsaid Qilichov


Gollarni: Farg'ondan Muhammadvali Yoqubov va uzoq Surxondan Xolsaid Qilichov kiritishdi. "Amburan" akvaparki mamuriyati g'alaba qozongan jamoaga turli xil sovg'alarni taqdim etdilar.




Sevara Nazarxon Bokuda mehmon bo'ladi


63 yoshga to'lgan Rahimberdi ota ertaga terma jamoamizdan g'alaba kutishini aytib o'tdi.
- Men borgan o'yinlarda terma jamoamiz doimo g'alaba qozongan, ertaga ham ulardan g'alaba kutamiz. Ko'plab safarlarga chiqqanman, bunisi boshqalardan ancha farqli. Yevropa havosi ufurib turibdi, dengiz bo'yida ajoyib sayohat. Endi Tailandda ham terma jamoamizni Osiyo chempionatida qo'llab-quvvatlab turish niyatidamiz. Muxlislar klubiga qo'shiling va biz bilan terma jamoalarimizni qo'llab-quvvatlang.





Bokudan muxlislar "CA" uchun


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia