

Turnirda Rossiya, Kuba, Qozog'iston, Armaniston, Shveytsariya, Hindiston, Filippin, Qirg'iziston, Gruziya, Ukraina, Belarus va O'zbekiston mamlakatlaridan 113 nafar bokschi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
Musobaqada final janglari bo'lib o'tdi. E'tiborlisi, -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahzod Muzaffarov qozog'istonlik Muhammadsobir Bozorboyulini mag'lub etdi. -64 kg vaznli bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev esa rossiyalik Ahmadshox Mahmadshoevdan ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi. Kecha o'tkazilgan janglarda Xurshidbek Rasuljonov (-56 kg), Nurislom Ismoilov (-69 kg) va Suhrobjon Kayimov (-75 kg) bronza medaliga sazovor bo'lgandi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, terma jamoamiz umumjamoa hisobida Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka Qozog'iston terma jamoasi yakun yasadi.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati



