Bokschi Aleksandr Usik: "Mudrik Ukrainaga 4-"Oltin to'p"ni olib kela oladi"

Aziz Tukhtamuradov
11 mar 2023, 09:34
Boks bo'yicha ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usikning fikricha, "Chelsi" futbolchisi Mixail Mudrik "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi.

- Mudrik uchun 100 million - bu kammi yoki ko'pmi? Bunday narx sizni hayratga solmadimi? 

- Yo'q, bundan ajablanganim yo'q. Barcha narsa ko'tarildi: narxlar, pullar... Ular oldingiga qaraganda ko'paydi. Menimcha u 100 milliondan ham ko'proq turadi. 

Uni kuzataman. Ilk bor U 17 yoki U 19 vaqtida ko'rgandim. Uning soch turmagi, tatuirovkalari ko'zga tashlanadi. Uni kuzatgandim. 

Mudrik menga yoqadi. Menimcha u Ukrainaga to'rtinchi "Oltin to'p"ni olib kelishi mumkin", - dedi superog'ir vazn toifasining uchta yo'nalishi chempioni Aleksandr Usik. 

Ma'lumot uchun bungacha Ukraina vakillaridan Oleg Bloxin, Igor Belanov va Andrey Shevchenko "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru