Bobir Abdixoliqov – Belarus chempionatida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
8 may 2022, 20:19
Belarus nashrlari jurnalistlari ovoziga ko'ra "Energetik-BGU" hujumchisi Oliy ligada o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Hamyurtimiz aprel oyi davomida "Energetik-BGU" tarkibida 5 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marta ishg'ol qildi va sheriklarini 1 ta golli pas bilan taminladi.

Abdixoliqov chempionat davomida 8 ta to'p kiritib, ayni paytda to'purarlik poygasida yetakchilik qilmoqda.


Belarus chempionati to'purari Bobir Abdixoliqov: "Bir umr markaziy hujumda harakatlanganman, ammo "Rux" bosh murabbiyi meni o'ng qanotga qo'ydi..."

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football.by