Boban: "Milan" - Shimoliy Koreya"

Mirjalol Normatov
8 mar 2020
Shanba kuni "Milan" Zvonimir Bobanni bosh sport direktori vazifasidan ozod qildi.

U o'z intervyusida shu haqida to'xtalib o'tdi. Endi Boban adolatsizlik sababli "Milan"ni sudga berishini aytib o'tdi. "Milan" 3 yillik shartnoma tuzilgan vaqtdan 9 oy o'tib, Bobanni iste'foga chiqardi.

"Bu erda Shimoliy Koreyaga o'xshagan diktatura borligini bilmagandim. Bilaman, mening gaplarim yuridik jihatdan ham inobatga olinadi.

"Rangnik bilan ular dekabr oyida kelishib olishgandi. Ular menga bu haqida aytishlari kerak edi. Men bunday gaplarni bilib yurishga haqli odamman. Yanvar oyida Gazidis bir necha transferlarni bekor qildi va bunda u bosh murabbiyni bahona qildi", - dedi Boban.

Yaqin vaqtlar ichida katta ehtimol bilan Paolo Maldini ham "Milan"dan ketadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport