Berdiev iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2019
"Rubin" ustozi Qurbon Berdiev iste'foga chiqarildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati hamda homiylar ishtirokida o'tgan yig'ilishda shunday qaror qabul qilingan.

Berdiev chempionatning eng ko'p maosh oluvchi murabbiylaridan biri (3 mln. evro) bo'lishiga qaramay jamoa yaxshi o'yin va natija ko'rsata olmayapti. "Rubin" so'nggi mavsumni 11-o'rinda yakunladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Бизнес online